Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi boshlandi

Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi boshlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 22-noyabr kuni Samarqand shahrida inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan  Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi boshlandi.

 Mazkur forum avvalida BMT bosh kotibi Antonio Guterrishning videomurojaatini tinglangan.  

Ushbu forumda shuningdek, MDH ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev, O‘zbekiston Inson huquqlari markazi direktori Akmal Saidov, Oliy Majlis senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir, BMT bosh kotibining maxsus vakili Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha BMTning mintaqaviy markaz direktori Natalya Germanlar qatnashmoqda.

Avvalroq, ushbu forumga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring