Samarqandda ham suv toshqinlari kuzatildi
Kuchli va surunkali yog‘ingarchilik oqibatida Samarqand shahrida ham suv toshqinlari yuzaga kelgan. Viloyat hokimligi bu haqda rasmiy ma’lumot bergan.
Aytilishicha, yomg‘ir va oqova suvlari Samarqand shahrining 5 ta shoh ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobillar qatnov qismida, 54 ta ichki ko‘chalar atrofidagi irrigatsiya tarmoqlarida, 20 dan ortiq ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasi va atrofida, 84 ta yakka tartibdagi turar joy binolarining yerto‘la va hovlilarida, 5 ta maktab va M.Ulug‘bek ko‘chasidagi «Ko‘zmunchoq» nomli MTM hovlilari hamda Narpay ko‘chasidagi «Muz saroyi» binosi ostidagi avtoturargohda to‘plangan.
Shuningdek, yomg‘ir suvlari Samarqand tumanining 4 ta MFYlarida kuzatilib, Bulung‘ur tumani G‘o‘bdin qishlog‘i hududidan o‘tuvchi M-39 Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 1046 km.da o‘rnatilgan d=1500 suv o‘tkazish quvuriga sig‘masdan yo‘l qatnov qismining bir tomonida yig‘ilib qolgan.
Yuzaga kelgan holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridan 144 nafar shaxsiy tarkib, 17 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi, 11 ta motopompa hamda «Samarqand suv ta’minoti» MChJdan 6 ta maxsus texnika, 14 nafar ishchi-xodim jalb qilingan.
Bunday tabiiy ofat Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida ham kuzatilgan. Suv toshqini oqibatida hozircha 4 kishi halok bo‘lgani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter