Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yer sotish holati aniqlandi

Samarqandda yer sotish holati aniqlandi

Payariq tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining raisi 41 yoshli M.U. 2015 yil avgust oyidan buyon fuqarolarga fermer xo‘jaligining sug‘orib ekiladigan yer maydonidan umumiy 79 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun o‘lchab bergan va kelgusida tuman hokimining egalik huquqini tasdiqlash to‘g‘risida qarorini chiqartirib berishini va’da qilib, ularni aldab ishonchiga kirib, jami 64.000.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va M.U. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring