Payariqdagi shifoxonada «ishkal»: IIB vaziyat yuzasidan bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumani, Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasidagi janjal aks etgan videomaterial tarqaldi.
Tarmoqlarda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilgan.
Samarqand viloyati IIB hodisa yuzasidan bayonotini e’lon qildi.
Mazkur holat joriy yilning 2-fevral kuni shifoxonaning rejali xirurgiya bo‘limida xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab kelib chiqqan.
Hodisa yuzasidan viloyat sog‘liqni boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan A.N.ga nisbatan Payariq tumani IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter