Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi muhandisi ushlandi

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi muhandisi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi muhandisi S.B. fuqaro A.Ch.ning xonadonidagi elektr energiyasiga noqonuniy ulanganligi holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik hamda mavjud qarzdorligini yo‘q qilib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring