Samarqandda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasini o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi
2023 yilda Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi o‘tkaziladi. Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu tadbirni yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan katta tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.
Vazir ushbu assambleyaning ahamiyatiga e’tibor qaratarkan, «Samarqand shahri Butunjahon turizm poytaxtiga aylanishi»ni ta’kidlab o‘tdi.
«Shu bilan birga, turizm imkoniyati mavjud shaharlarda sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan xizmat turlarini kengaytirishga e’tibor qaratayapmiz. Samarqandda yangi Turistik markaz, Samarqandda barpo etilgan yangi aeroport, 8 ta mehmonxona, kongress-xoll, park, boshqa ko‘ngilochar va dam olish majmualari – mamlakatimiz tarixida hech shubhasiz «Yangi turizm darvozasi» va Yangi O‘zbekistonning «tashrif qog‘ozi»ga aylanadi», – dedi Aziz Abduhakimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter