Samarqandda bir ayol «kreditor»ini o‘ldirdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi ayol A.O. avvaliga yangasi M.S.dan 200 AQSh dollari oladi. Buning hisobidan A.O. biznesini kengaytiradi, biroq bu ham unga kamlik qildi.
Keyingi safar u yangasidan 2 ming dollar qarzga oladi va pullarni uch oydan so‘ng foizi bilan qaytarishga qarindoshini ishontiradi. Biroq qarzni qaytarish muddati yetgach, M.S. har kuni undan pullarni qaytarishini talab qila boshlaydi.
A.O. qanday qilib «kreditor»dan qutulish yo‘llarini izlashga tushadi va bir kuni o‘zi bilan metall bo‘lagini olib M.S.ning uyiga boradi. Yangasi qarzni olib keldi, deb o‘ylab xursand bo‘ladi. Ammo A.O. qulay paytni poylab, metall bilan ayolning boshiga uradi. M.S. yiqilib tushganini ko‘rib, qochib ketadi.
«Zarafshon» gazetasining yozishicha, shifokorlar 3 kun davomida jarohatlangan ayolning hayotini saqlab qolishga urinadi. Biroq jabrlanuvchi vafot etadi.
A.O. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi qarori bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter