Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda xotinini kaltaklagan erga nisbatan jinoiy ish ochildi

Samarqandda xotinini kaltaklagan erga nisbatan jinoiy ish ochildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Joriy yilning 22-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Bir ayolni kaltaklashar ekan. Yetim. uyida cho‘ri bu kelin. Yaqinda ko‘lini urib sindiribdi eri. Hammadan qolgan ovqatni yeb, xo‘rlanib o‘tiribdi. Uydan chiqarishmas ekan. IIV, Bosh prokuratura, Inson huquqlari bu ayolni topib yordam berishingizni so‘raymiz» nomli video tarqaldi. Samarqand viloyati IIB ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv harakatlari olib borilib, tasvirdagi voqea ishtirokchilarining shaxsi aniqlandi.

Jabrlanuvchi ayol Samarqand shahar Termiz ko‘chasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan M. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, M. turmush o‘rtog‘i 1985-yilda tug‘ilgan Sh. bilan 2012-yilda shar’iy nikohdan, 2015-yilda FXDYo bo‘limidan  qonuniy nikohdan o‘tib yashab kelgan. O‘rtalaridagi oilaviy kelishmovchiliklari sababli M., Sh. tomonidan kaltaklanib, qiynoqqa solinib kelingan.

2020-yilning 20-avgust kuni M. ning turmush o‘rtog‘i Sh. sababsiz, turli bahonalar bilan yashayotgan uyida uni ayovsiz urib, oyoqlari bilan turli joylariga tepib, tan jarohati yetkazgan.

Hozirda M. va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan himoyaga olinib, IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tomonidan «Himoya orderi» berilib, malakali psixologlarni jalb qilgan holda farzandlari va o‘ziga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ayolni kaltaklagan Sh. ga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring