Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Samarqandda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB

2021-yil 1-iyul kuni soat 12:00 larda, Payariq tumani «Eshmonsoq» MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 26 km.da ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, «Jizzax-Gagarin-Samarqand-Payariq» yo‘nalishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobusning yo‘liga, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan «Damas» rusumli transport vositasining chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, «Damas» ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring