Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ariqda binafsharang suv oqdi. Holatga aniqlik kiritildi

Samarqandda ariqda binafsharang suv oqdi. Holatga aniqlik kiritildi

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar Chuqur yo‘li (Kurchatova) ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi Chashma va Siyobcha kollektorlarining birlashish qismidan binafsha rangdagi, tarkibida ifloslantiruvchi moddalar me’yoridan ortiqcha bo‘lgan oqova suvlar oqayotgani haqida xabar tarqaldi. Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, olib borilgan o‘rganish va surishtiruvlar natijasida Samarqand viloyati «Suv ta’minoti» MChJga qarashli SP-3 oqova suv ko‘tarib berish stansiyasi ishlamayotgani sababli shu vaziyat yuzaga kelgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlarda baxmal mato ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan «Sayyora tekst» oilaviy korxonasida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqova suvlar belgilangan tartibda tozalanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqava suv tashlash tarmog‘iga tashlanayotgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat to‘liq bartaraf etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring