Samarqand yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi

«Oldimizda katta-katta sanalar, yirik siyosiy, madaniy va ma’rifiy tadbirlar turibdi. Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda», — dedi bugungi tadbirdagi nutqida prezident Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvi kabi nufuzli xalqaro tadbirlar ham yaqin oylarda aynan Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Kelgusi yilda esa qadimiy shahar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruv Kengashining yillik yig‘ilishi va Jahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasiga mezbonlik qiladi.
Prezident so‘zining yakunida Samarqand qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborgan ushbu qurilishlarni amalga oshirishda mehnat qilgan barcha quruvchi va mutaxassislarga, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilotlarga, chet ellik hamkorlarga, Samarqand ahliga, ko‘pmillatli butun xalqimizga minnatdorlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter