Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Saudiya Arabistonida avtofalokatga uchradi

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Saudiya Arabistonida avtofalokatga uchradi

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Saudiya Arabistonida avtofalokatga uchradi. Uning ahvoli haqida Haj safarida bo‘lib turgan farzandi ma’lumot berdi. 

«Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning farzandiman, ismim Nurimom. Toshkent shahri hojilariga ellikboshi sifatida hajga keldim. Allohning sinovi bo‘lib otamni avtomashina turtib yubordi. Internet tarmoqlarida har xil yolg‘on, bo‘rttirilgan xabarlar tarqatilmoqda. Otamning ahvoli ancha yaxshi. Doimo suhbatlashib turibmiz, muloqotdamiz. Diniy idoramiz rahbariyati, diniy qo‘mita rahbariyati, qolaversa, Makka shahridagi ishchi guruh hol-ahvol so‘rab, nazorat qilib turibdi. Internetda otamning sog‘lig‘i uchun pul yig‘ilgani haqida ma’lumot tarqatilibdi, bu mutlaqo haqiqatga zid. Ikki davlat kelishuvlariga asosan har bir muolaja mutlaqo bepul tarzda amalga oshiriladi. Otamning ahvoli juda yaxshi, shifokorlar oxirgi reyslarga javob bersa kerak», dedi u. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring