Samarqandda vahshiy qotillik sodir etganlarga hukm o‘qildi
Shu yilning 14-mayidan 15-mayga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida bir oilaning besh nafar a’zosi o‘ldirganlikda ayblanayotganlarga nisbatan sud jarayoni borayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha bugun sudlanuvchilarga nisbatan hukm o‘qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Ikrom Muslimov raisligida hamda sudyalar O.Arabov va E.Ergashevdan iborat sud tarkibida e’lon qilgan hukmga ko‘ra:
- Sudlanuvchilar G‘olib Tashanov (1981-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, oilali, uch nafar voyaga yetmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining «a», «v», «j», «i», «p» bandlari, 164-moddasi 3-qismining «v», «g» bandlari, 267-moddasi 2-qismining «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi;
- Jahongir Usmonov (1993-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, oilali, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining «a», «v», «j», «i», «p» bandlari, 164-moddasi 3-qismining «v», «g» bandlari, 267-moddasi 2-qismining «b» bandi, 276-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi;
- Shamshiddin Esonboyev (1995-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, uylanmagan, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining «a», «v», «j», «i», «p» bandlari, 164-moddasi 3-qismining «v», «g» bandlari, 267-moddasi 2-qismining «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi;
- Xabibullo Nurmanov (1996-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta-maxsus, uylanmagan, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining «a», «v», «j», «i», «p» bandlari, 164-moddasi 3-qismining «v», «g» bandlari, 267-moddasi 2-qismining «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tattirish belgilandi.
Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
Eslatib o‘tamiz, sudlanuvchilar 2019-yil 14-maydan 15-may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Ishtixon tumani «Chimqo‘rg‘on» MFY «Chimqo‘rg‘on» qishlog‘ida yashab kelgan A. Xalbayevning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, xonadon sohibi va uning turmush o‘rtog‘i Z. Xalbayevaga hujum qilib, ulardan tashqari farzandlari J. Islomov, voyaga yetmagan A. Islomov va O. Islomovlarni qasddan o‘ldirishgan hamda 22 mln. so‘m, 100 AQSh dollari va 600 ming so‘mlik «Samsung» rusumli uyali aloqa telefonini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.
Shundan so‘ng, sudlanuvchilar sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida A. Xalbayev va uning oila a’zolarining murdalarini ko‘rpalarga o‘ragan holda uy hovlisida turgan «Damas» rusumli avtomashinaga joylab, Qo‘shrabot tumanidagi «Oltin maydon» fermer xo‘jaligi hududidagi adirga tashlab ketishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter