Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand shahridagi 16 ta ko‘cha 4 kunga yopiladi

Samarqand shahridagi 16 ta ko‘cha 4 kunga  yopiladi

Samarqand shahrining 16 ta ko‘chasida harakat vaqtinchalik cheklanadi. Shaharga kirish 4 kun davomida cheklanadi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi munosabati bilan, 14-sentyabrdan 17-sentyabrga qadar Samarqand shahrining Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro‘dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.

Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring