«Salom, Sardoba, biz birgamiz!» aksiyasida kariyb 70 million so‘m to‘plandi
Adliya vazirligi va «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan «Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahrida xayriya yordamini qabul qilish punkti ochilgan. Bugunning o‘zida poytaxt aholisi 1000 nafardan ziyod odamga mo‘ljallangan bolalar va kattalar ustki kiyimlari, ko‘rpa-to‘shak va yostiqlar, oyoq-kiyim, idish-tovoq, gigiyena vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar o‘yinchoqlarini olib kelishdi. Ko‘ngillilar barcha narsalarni yig‘ib, Sirdaryo viloyatiga jo‘natish uchun tayyorlab qo‘ydilar.
Bundan tashqari, maxsus ochilgan hisob raqami (20212000100981895003)ga befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz, xorijdagi vatandoshlarimiz, biznesmenlar, turli tashkilot va korxonalardan pul mablag‘lari kelib tushmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda 70 million so‘m mablag‘ kelib tushgan.
Yig‘ilgan mablag‘larga zarur iste’mol tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda boshqa buyumlar sotib olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter