Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Salkam 1 tonna pirotexnika bojxonada to‘xtatib qolindi (foto)

Salkam 1 tonna pirotexnika bojxonada to‘xtatib qolindi (foto)

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxonachilar 822 kg. pirotexnika vositalarining yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda respublika hududiga sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan maishiy pirotexnika vositalari kirib kelishining oldini olish yo‘nalishida bojxonachilar tomonidan doimiy tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Keles» temir yo‘l chegara-bojxona postida Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita xodimlari bilan hamkorlikda respublikamizga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tezkor tadbir davomida vagonlarga yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida umumay qayd etilmagan 822 kg. og‘irlikdagi pirotexnika  vositalari ortilganligi ma’lum bo‘ldi. Go‘yoki egasiz tarzida olib kirishga urinilgan 6 nomdagi 16 ming 448 dona pirotxenika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 164 mln. so‘mdan oshmoqda.

Bundan tashqari ushbu vagonda 13 nomdagi 1300 donadan ortiq sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar hamda 15 nomdagi 497 dona parfyumeriya vositalari ham noqonuniy ravishda olib kirilayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring