Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Saliyev qayerga qaragan?» — Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi hodisa haqida gapirdi

«Saliyev qayerga qaragan?» — Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi hodisa haqida gapirdi

Arxiv.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev qurilishlar jarayonidagi korrupsiya holatlari haqida gapirdi.  

«... Men qo‘l qo‘yaman. Kimga ishonib qo‘l qo‘yaman? Shu rahbarlar, vazirlarga ishonib qo‘l qo‘yaman. Ular infratuzilmaga ajratilgan pullarni halol, pok o‘zlashtirishi kerak», deya prezidentning so‘zlarini keltirdi jurnalist Aziza Qurbonova.

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli binoning qulab tushgani holatiga to‘xtaldi.

«Mana Jizzaxda uy qulab tushdi. Ichida odamlar bo‘lganida nima bo‘lardi?  Bu tadbirkorning puliga qurilgan, deydi. U o‘zining puliga qurmagan, bankdan kredit olib qurgan. Jizzax hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari qamaldi. Saliyev (Jizzax viloyati hokimi) qayerga qaragan?» — ta’kidladi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Jizzaxcha tenderlar-2. Oilaviy pudrat, bir necha yuz milliardlik davlat buyurtmalari» sarlavhali maqolada Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari Akram Raxmonqulovning qarindoshlariga taalluqli bo‘lgan xususiy kompaniyalar aksariyat davlat buyurtmalarini o‘zaro «taqsimlab olgan»i qayd etilgandi.

Undan avvalroq Jizzax viloyati hokimi farmoyishi va uni bajarish viloyat rahbari qiziga tegishli korxonaga yuklatilgani bilan bog‘liq xabarlar tarqalgandi. Ko‘p o‘tmay, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi, lekin o‘rganish natijalari ma’lum qilinmadi.

Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushishi hodisasidan ko‘p o‘tmay, viloyat hokimi o‘rinbosari Akram Raxmonqulov ishdan olingan ma’lum bo‘ldi. Keyin esa unga nisbatan jinoyat ishi ochilgani xabar qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring