Yosh bolalar sakkizinchi qavat derazasida o‘tirib olgani kameraga tushdi
25 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan xavfli holat aks etgan video paydo bo‘ldi. Ikki nafar voyaga yetmagan bolani kattalar 8-qavatdagi panjara o‘rnatilmagan deraza tokchasiga chiqishiga yo‘l qo‘yib, ularning hayotiga xavf tug‘dirgan.
Toshkent shahar IIBB video bo‘yicha ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, shu kuni bolalar yonida ularning buvisi, «Katta Olmazor» mahallasida yashovchi 1962 yil tug‘ilgan M.U. bo‘lgan. Ayol ikki nafar voyaga yetmagan nabiralarini nazorat qilmaganligi oqibatida, ular 8-qavatning panjara o‘rnatilmagan deraza tokchasida o‘tirishgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 27 may kuni «Katta Olmazor» mahalla fuqarolar yig‘inida muhokama o‘tkazildi.
Yig‘ilishda bolalar xavfsizligini ularning ota-onalari tomonidan ta’minlash masalasi ko‘tarilib, mavjud vaziyat muhokama qilindi. Xonadon egalari bilan psixolog-inspektorlar ishtirokida, bunday loqaydlik va e’tiborsizlik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter