Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni arafa kuni bilan tabriklab, prezidentning osh damlayotgan suratini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida o‘zbekistonliklarni arafa kuni bilan tabriklab, prezidentning osh damlayotgani suratini ommaga taqdim etdi.
«Ba’zida oilaviy dasturxonimiz uchun oshni Dadamlar damlab beradilar. Biz esa ularga yordamchi. Arafa muborak!» deya izoh yozgan Saida Mirziyoyeva.
U avvalroq, qizi Saodatning pianino chalayotgani, ikkinchisida o‘g‘li Miromon chizgan «Troya» kartinasi aks etgan suratlarni ham namoyish etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter