Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Bu maskanda ko‘plab topilmalarga duch keldik»

Saida Mirziyoyeva: «Bu maskanda ko‘plab topilmalarga duch keldik»

Respublika bolalar kutubxonasining 1907 yilda qurilgan tarixiy binosi restavratsiya qilinib, zamonaviy jihozlangani xabar qilingandi.

Saida Mirziyoyeva tarixga boy ushbu binoning qayta tiklanishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Respublika bolalar kutubxonasi – shahrimiz aholisi uchun eng qadrli va sevimli joylardan biri. Ushbu loyihada yuksak me’morchilik namunasini o‘tgan asr boshida qurilgan ko‘rinishda saqlab qolish biz uchun juda muhim edi.

Bino boy tarixga ega. Turli yillarda bu binoda Toshkent shahar dumasi va Jamoat yig‘ini, 1965 yildan esa mashhur bolalar kutubxonasi faoliyat ko‘rsatgan. Afsuski kutubxona ko‘p yillar davomida qarovsiz ahvolda qolgan va u rekonstruksiyaga muhtoj edi. Biz 2020 yilda qayta tiklash ishlarini boshladik va nihoyat vazifa uddalandi!

Bu o‘ziga xos maskanda ko‘plab topilmalarga duch keldik. Masalan, devor suvoqlari ortidan o‘tgan asr o‘rtalarida ishlangan ajoyib devoriy suratlar chiqdi. Natijada – tarix ruhi va zamonaviy muhit bir joyda mujassam bo‘ldi.

O‘z ishining ustalari mehnatini munosib baholaysiz, degan umiddamiz. Bugundan boshlab kutubxonamiz eshiklari barcha kitobsevar yurtdoshlarimiz uchun ochiq!», deydi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring