Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva.

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

«Bugun Qatarning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdik.

Kun tartibidagi keng qamrovli masalalarni muhokama qildik. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish yuzasidan fikr almashdik», deya yozadi Mirziyoyeva.

Avvalroq Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda faoliyat olib borayotgan, yuksak marralarni egallagan, boshqalarni ham maqsad va orzular sari ilhomlantirayotgan ayollar bilan ko‘rishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring