Sahroi Kabirda... qum taqchilligi! – Nobel mukofoti sovrindoridan tagdor luqma
«Agar siz Sahroi Kabirni federal hukumat qo‘liga topshirsangiz, 5 yildan keyin u yerda qum taqchilligi boshlanadi», degan edi amerikalik taniqli iqtisodchi Milton Fridman (1912–2006).
Telegramdagi «Iqtisodchi» kanali o‘z davrida Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan olimning jamiyat va hukumat munosabatlariga doir bir qator iqtiboslarini chop etdi.
Inflyasiya – qonunsiz soliqqa tortishdir.
Bepul tushlik degan narsa yo‘q.
Hech narsa hukumatning vaqtinchalik dasturlari kabi doimiy emas.
Agar hukumat yaxshi niyat bilan bo‘lsa ham iqtisodni qayta shakllantirish, axloqni qonuniylashtirish yoki ma’lum manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda yordam berishga harakat qilsa, buning badali samarasizlik, motivatsiyaning pasayishi va erkinlikning yo‘qotilishi bo‘ladi. Hukumat faol o‘yinchi emas, balki hakam bo‘lishi kerak.
Muammoni hal qilish uchun hukumat taklif qilgan yechim odatda o‘sha muammoning o‘zi kabi yomon bo‘ladi.
Dunyoni o‘z manfaatlarini ko‘zlagan shaxslar harakatga keltiradi. Eynshteyn o‘z nazariyasini qaysidir byurokratning topshirig‘i bilan o‘ylab topmagan. Henri Ford ham avtomobil sanoatidagi inqilobni bu tarzda amalga oshirmagan.
Ko‘pchilik hukumat iste’molchini himoya qilishini xohlaydi. Bundan ham dolzarb muammo – iste’molchini hukumatdan himoya qilishdir.
Markazlashgan hokimiyat uni yaratganlarning yaxshi niyatlari bilan zararsizlanib qolmaydi.
Erkin bozor haqidagi yagona, eng muhim, asosiy fakt shuki, hech qanday almashinuv agar ikkala tomonga ham foyda keltirmasa, amalga oshmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter