Prezident yig‘ilishidan muhim iqtiboslar
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq ta’limi sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Xabar.uz muxbiri ushbu yig‘ilish davomida davlat rahbari tomonidan aytilgan iboralarni yozib oldi.
- Suvda cho‘kmaydigan, o‘tda yonmaydigan boyligimiz – bilim. Bizda bundan ishonchliroq boylik yo‘q.
- Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi.
- Hokimlar balandparvoz gaplarni qo‘yib, ta’lim rivoji uchun hissa qo‘shsin.
- Umrimiz paxtada o‘tmaganda ta’lim bunchalik oqsamagan bo‘lardi.
- Ta’lim bu - kurash.
- Xalq ta’limida raqamlar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas.
- Maktabda 11 yil o‘qib, bitta til o‘rganmasa, bunday maktab nimaga kerak?
- Chet tillarni o‘rganmasak, rivojlana olmaymiz.
- Maktab kamida ikkita chet tili, kompyuter va kasb-hunar o‘rgatishi lozim.
- Hamma ham professor bo‘la olmaydi, ammo hamma kasb-hunarli bo‘lishi shart.
- Amerika bizga investitsiya, Yevropa esa texnologiya olib kirishi mumkin, ammo o‘qituvchilarni o‘zimiz tayyorlashimiz kerak.
- Biz ta’limni rivojlantira olamiz. Boshqacha o‘ylashga haqqimiz yo‘q...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter