Sadullayeva hamda Radzivil oltin va kumush medallarni bo‘lib olishdi
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Safina Sadullayeva hamda Svetlana Radzivil balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, oltin va kumush medallar har ikki yurtdoshimizga nasib etdi. Sadullayeva oltin, Radzivil esa kumush medal sohibiga aylandi.
Kuchli uchlikni qozog‘istonlik Nadejda Dubovitskaya yakunlab berdi.
E’tiborlisi, g‘olib va sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Shohsupadagi o‘rinlar urinishlar soniga qarab taqsimlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter