«Sabr, Malohat. Kutamiz...»
Saylov jarayonlarini faol yoritgan telejurnalist Malohat Yo‘ldosheva kecha qoq peshin payti «Feysbuk»dagi sahifasida shunday yozgandi:
«Ertaga (ya’ni, 6 yanvar) soat 13.00 da Markaziy saylov komissiyasi Parlamentga 25 ta saylov okgugi bo‘yicha qayta saylovlar natijalarini e’lon qiladi. Lekin oraliqdagi tashviqot kampaniyasida saylovchilar orasida bor obro‘sini ham qo‘ldan boy berganlarni ko‘rdim. Shu hududda yashamagan, bu yerdagi aholining muammolariyu dardidan bexabar, saylovgacha hech kim tanimagan insonlarni nomzodlikka qo‘yish tajribasiga qachon barham berilar ekan bizda. Shunga yarasha hech bo‘lmasa, eplab omma bilan muomala qilomaydigan insonlar ertaga parlamentdan kreslo egallasa, eh, yanami, qachon Yangi O‘zbekiston?! — degim keladi.
Sabr, Malohat.
Kutamiz...»
Oradan bir kun o‘tib, bugun — takroriy saylov natijalari e’lon qilingach, jurnalist yuqoridagi mulohazalarini mantiqiy davom ettiradi:
«Hech qaysi partiya 76 tugul 55 ta ham o‘rin ololmadi Parlamentdan.
O‘zLiDeP -53 ta;
«Milliy Tiklanish» - 35 ta;
«Adolat» -24 ta;
XDP - 22 ta;
Ekopartiya - 15 ta.
Agar 2014 yilgi saylovlar bilan solishtiriladigan bo‘lsak, Tadbirkorlar partiyasi 1 ta va «Adolat»chilar 4 ta qo‘shimcha o‘ringa ega bo‘ldi. XDPchilar parlamentdan 4 ta o‘rin yo‘qotdi. «Milliy Tiklanish» va Ekologlar o‘rni o‘zgarishsiz qoldi.
Bunday olib qaraganda, «Adolat»chilar g‘alaba qildi.
Nazarimda, buning sababi bor. Huquqini muhofaza qilishi kerak bo‘lgan idoralardan ko‘pgina adolatsizlik ko‘rgan xalqimiz bu partiyaning saylovoldi dasturiga ishondi, partiya esa ishontira oldi.
Bu ishonch qanchalik oqlanadi, doimgidek, vaqt — Oliy hakam!»
Hamkasbimizning mulohazalariga qo‘shimcha shartmi?!
Hech-da!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter