Rustam Ashurovni og‘ir jazo kutmoqda
Moldova poytaxti Kishinyov shahri aeroportida noma’lum kishi otishma uyushtirgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lgandi.
Ushbu otishmani sodir etgan kishining shaxsi aniqlandi. U Tojikiston va Rossiya fuqaroligiga ega 43 yoshli Rustam Ashurov ekani ma’lum bo‘ldi.
Ashurov o‘z mamlakatida odam o‘ldirganlikda ayblanib, Interpol tomonidan qidiruvga berilgan bo‘lgan.
Hujum uyushtirgan shaxs og‘ir ahvolda kasalxonada qo‘riqlanmoqda. U umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter