Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rus amaldori fuqarolik olgan markaziy osiyoliklarga tahdid qildi

Rus amaldori fuqarolik olgan markaziy osiyoliklarga tahdid qildi

Kirill Kabanov.

Rossiya Federatsiyasining Korrupsiyaga qarshi kurash milliy qo‘mitasi raisi Kirill Kabanov keskin bayonot bilan chiqdi.

Uning qayd etishicha, Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlik doirasida oxirgi 10 yillikda Rossiya fuqaroligini olgan Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) mamlakatlari vakillari uchun bir yil muddatga majburiy harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.

«Harbiy burchni bajarishdan bosh tortgan taqdirda nafaqat uni, balki uning oila a’zolarini ham Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish kerak.

Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlar hukumati tomonidan o‘z fuqarolarining urushda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishini (buning uchun ular o‘z vatanlarida jinoiy jazoga tortiladi) taqiqlashiga javob bo‘ladi», qayd etdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiBosh prokuratura,  O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqishgan edi.

Bunga qadar Rossiyadagi huquqshunos migrantlarni ham harbiy xizmatga yollash boshlangani va buning oqibatlari haqida ogohlantirgandi.

Mubashshir Ahmad «bu urushda qatnashish shar’an harom!» ekanini qayd etgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring