Ruminlar nemisga yana ishonch bildirishadimi? Bugun ko‘ramiz
Bugun, 24-noyabr kuni Ruminiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tyapti. «Kp.ru» xabariga ko‘ra, mamlakatdagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da ochilgan bo‘lib, ovoz berish soat 21:00 da tugaydi.
Rumin fuqarolari 10 noyabr kuni o‘tkazilgan birinchi turda g‘olib chiqqan ikki nomzodga ovoz berishadi. Bular — Milliy-liberal partiya ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surgan Ruminiyaning amaldagi prezidenti Klaus Verner Yoxannis hamda Sotsial-demokratik partiya vakili, mamlakatning sobiq bosh vaziri Viorika Denchilelardir.
Birinchi turda fuqarolarning 37,8 foizi Yoxannisga ovoz berishgan, rumin hukumatini 2018-2019 yillarda boshqargan Viorika Denchile esa 22,26 foiz ovoz to‘plagandi.
Eslatib o‘tamiz, etnik nemis Klaus Verner Yoxannis asli fizika o‘qituvchisi bo‘lib, 2000 yildan beri Sibiu shahri meri bo‘lgan, 2014 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter