Ro‘ziqul Berdiyev: «Xavi keladigan o‘yinda stadion to‘ladi»
![Ro‘ziqul Berdiyev: «Xavi keladigan o‘yinda stadion to‘ladi»](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2538230335.jpg)
«Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev «Al Vasl» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«5 mart kuni Qatarning «Al Sadd» klubini qabul qilamiz. Agar muxlislarimiz bugungidek bizni stadionda qo‘llab-quvvatlashsa, har qanday raqibga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatamiz. Umid qilamanki, Xavi keladigan uchrashuvda har qanday ob-havo bo‘lsa ham, stadionimiz to‘ladi. Biz o‘z muxlislarimizga ishonamiz. Fursatdan foydalanib barcha muxlislarimizga, bugungi faolligi uchun minnatdorchilik bildiraman», - dedi Berdiyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter