Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik jurnalistning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytildi

Rossiyalik jurnalistning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytildi

Kuni kecha Toshkentda rossiyalik jurnalist, «Byulleten kinoprokatchika» jurnali muharriri Aleksandr Nechayevning jasadi topilgandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 36 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev vafot etganligi holati bo‘yicha tekshirish o‘tkazilmoqda.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.Nechayevning o‘limi «surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan kelib chiqqan. 

A.Nechayevning tanasi ko‘zdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan.

Tekshirish davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring