Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik blogerning tanqididan so‘ng mas’ullarga chora ko‘rildi

Rossiyalik blogerning tanqididan so‘ng mas’ullarga chora ko‘rildi

Kecha rossiyalik bloger Ilya Varlamov Samarqanddan Toshkentga qatnaydigan poyezddagi sharoitni tanqid qilib chiqqani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan holat yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatilgan kamchiliklar yuzasidan ushbu sanada xizmat vazifasini olib borgan vagon kuzatuvchilari va poyezd boshlig‘iga qat’iy intizomiy jazo qo‘llanildi va yo‘lovchi poyezdlarda servis va xizmat ko‘rsatish qoidalari haqida qayta ko‘rsatmalar berib o‘tilgan.

Hozirgi kunda barcha yo‘nalishlar harakati davomida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishini tekshirish maqsadida ishchi guruh qo‘shimcha faoliyatini boshlagan.

Shuningdek, munosabatda aytilishicha, videolavhada aytib o‘tilgan yo‘nalishning chipta narxi 100 AQSh dollaridan oshiqligi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, sayyoh mazkur yo‘nalish uchun chiptani Rossiya Federatsiyasining «RJD» saytidan elektron tarzda 4213,9 rublga rasmiylashtirgan. Mazkur vagon lyuks toifasida bo‘lib, 4 ta kupedan iborat va faqat 8 ta yo‘lovchi uchun xizmat ko‘rsatadi. Ushbu yo‘nalish chipta narxi 385 980 so‘m hisoblanadi.

«Hurmatli yo‘lovchilar, o‘z tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘raymiz», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring