Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik amaldor migrantlar uchun yangi majburiyat «o‘ylab topdi»

Rossiyalik amaldor migrantlar uchun yangi majburiyat «o‘ylab topdi»

Rossiya federatsiyasi tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin mehnat muhojirlari uchun genomik ro‘yxatdan o‘tishni majburiy qilishni taklif etdi. Uning fikricha, qo‘shni davlatlardan kelgan barcha mehnat muhojirlari ushbu ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Bu haqda Interfaks ma’lum qildi.

Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda migratsiya yuzlab qonun va aktlar bilan tartibga solingan, biroq ular chalkash me’yoriy bazani tashkil qiladi. Shu bois, yangi me’yoriy hujjatda u barcha mumkin bo‘lgan migratsiya shakllari va ishga joylashish uchun kvotalar bilan bir qatorda, ro‘yxatdan o‘tishni, majburiy barmoq izlari va genetik namuna olishni taklif qilgan.

Bundan tashqari, yangi qonun migratsiya nazoratini huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bevosita chegarachilar bilan o‘zaro hamkorligi orqali yanada samaraliroq qilishi kerak.

Qo‘mita rahbari xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oshganini ta’kidlab o‘tgan: 2020 yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyada 17 mingdan ortiq bunday jinoyatlar tergov qilingan.  2021-yilning birinchi yarmida - deyarli 19 ming jinoyad qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring