Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga hamkor davlat Ukrainaga qurol yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaga hamkor davlat Ukrainaga qurol yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi

Financial Times nashrining yozishicha, 2022-yildan beri Serbiya Ukrainaga vositachi davlatlar orqali 800 million yevrolik artilleriya snaryadlarini eksport qilgan.

Serbiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini og‘zaki qoraladi, biroq G‘arb sanksiyalariga qo‘shilishni rad etdi. Ba’zida serb siyosatchilarining bayonotlari rossiyaparast sifatida qabul qilinadi; Bundan tashqari, serb jamiyatida ko‘p odamlar Rossiyaga hamdardlik bilan va G‘arbga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishadi.

Serbiya na Rossiyaga, na Ukrainaga bevosita qurol yetkazib bermadi. Biroq, Financial Times yozganidek, u Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb mamlakatlariga artilleriya snaryadlarini yetkazib bergan.

FT Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning 800 million yevro miqdoridagi taxmin haqiqatga yaqin ekanini aytgan. 

«Bu bizning iqtisodiy tiklanishimizning bir qismi va biz uchun muhim. Ha, o‘q-dorilarimizni eksport qilamiz. Biz Ukraina yoki Rossiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport qila olmaymiz... lekin amerikaliklar, ispanlar, chexlar va boshqalar bilan ko‘p aloqalarimiz bor. Oxir oqibat, qurol eksporti ham ularning ishi», - deya Vuchich so‘zlarini keltiradi gazeta.

«Mening vazifam o‘q-dorilarni qonuniy yo‘l bilan yo‘q qilishimizni, uni sotishimizni ta’minlash... Xalqimga g‘amxo‘rlik qilishim kerak, tamom. Aytishim mumkin bo‘lgan narsa shu. Kiyev va Moskvada do‘stlarimiz bor. Bular bizning slavyan birodarlarimiz», — deya qo‘shimcha qildi Vuchich.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring