Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezd reyslari yo‘lga qo‘yilmoqda

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezd reyslari yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: Xabar.uz

Pandemiya davrida Rossiya hududida qolib ketgan yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ maxsus reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. 

27-avgust kuni soat 20:57 da 483-sonli yo‘lovchi poyezdi Voljskiy - Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.

30-avgust kuni soat 12:35 da 446-sonli yo‘lovchi poyezdi Tolyatti - Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Voljskiy-Toshkent hamda Tolyatti-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi.

Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1005 qisqa telefon raqami yoki joylardagi temir yo‘l kassalaridan olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring