Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga 8,3 ming dollar undirib berildi
Rossiyada ish haqini ololmayotgan o‘zbekistonlik migrantlarga 8,3 ming dollar undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Rossiyaning Novosibirsk shahridagi qurilish tashkilotida hamda Samara viloyatidagi issiqxonada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining hujjatlari va 700 ming rublga yaqin (8300$) ish haqi undirib berilgan.
Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiya agentligi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, hujjatlarini ehtiyot qilishi va qonuniy ishlash zarurligini tushuntirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter