Rossiyadagi supermarketlardan birida o‘zbekistonlik ayol pichoqlandi (video)
Rossiyaning Uzlovaya shahridagi supermarketlardan birida kassir bo‘lib ishlovchi o‘zbekistonlik ayol ish vaqtida pichoqlab ketildi. Bu haqda Newstula.ru nashri xabar berdi.
Noma’lum erkak ayolga 20 marta pichoq urgan. Jinoyat videosi kameraga muhrlangan, ayol esa shifoxonada vafot etgan. Uning O‘zbekistonda uch nafar farzandi borligi aytilmoqda.
Jinoyatchi politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Tafsilotlarga ko‘ra, ayol va erkak qo‘shni bo‘lishgan va ular o‘rtasida ayrim kelishmovchiliklar sodir bo‘lib turgan.
Ogohlantirish: yuragi bo‘shlarga quyidagi videoni ko‘rish tavsiya qilinmaydi (+18).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter