Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada yosh qiz ayiqqa yem bo‘ldi. Bu birinchisi emas

Rossiyada yosh qiz ayiqqa yem bo‘ldi. Bu birinchisi emas

Rossiyaning Magadan viloyatida bir qiz ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi IIV viloyat boshqarmasi.

Magadan janubida, Tankodrom tumani yaqinida sodir etilgan hujum haqidagi xabar politsiyaga 15 iyul kuni tushdan keyin kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari va ovchilar qo‘ng‘ir ayiq va qizning jasadini topishgan.

«Ayiq yo‘q qilindi», deyiladi xabarda.

Tergovchilar voqea joyini ko‘zdan kechirmoqda, hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya qo‘shimcha qiligan xabarda.

Magadanda ayiqlar hujumi birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Iyun oyida Tergov qo‘mitasining viloyat boshqarmasi shahar yaqinida tajovuzkor ayiq hujumiga uchragan besh nafar mahalliy aholi jabrlangani haqida xabar bergan edi.

19 iyun kuni transport yo‘lagi hududidan erkakning jasadi topildi, tergov asosiy talqin sifatida yirtqichning hujumini qayd etdi.

22 iyun kuni xuddi shu hududda bir necha kun avval g‘oyib bo‘lgan pensionerning jasadi topilgan. Uning o‘limga ham ayiq hujumi sabab bo‘lgan deb xulosa qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring