Rossiyada yo‘lovchi samolyoti dalaga qo‘ndi
Sochidan Omsk shahriga uchgan samolyot yarim yo‘lida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Samolyot gidravlika tizimidagi nosozlik tufayli Novosibirsk viloyatining Kamenki qishlog‘i yaqinidagi dalaga qo‘ngan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, bortda 170 kishi, jumladan 23 nafar bola bo‘lgan.
Samolyot qishloq hududiga favqulodda qo‘ngach, qurbonlar va yong‘inlar bo‘lmadi, dedi gubernator Travnikov.
Samolyot qo‘nish joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, deya qo‘shimcha qilgan gubernator.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter