Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada «xorijiy agentlar»ning saylovlarda ishtiroki taqiqlandi

Rossiyada «xorijiy agentlar»ning saylovlarda ishtiroki taqiqlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «xorijiy agentlar»ning parlamentga saylanishini taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu qonun barcha bosqichlardagi siyosiy institutlarda joriy etiladi. 

Rossiya prezidenti «xorijiy agentlarni» istalgan davlat organiga saylanish huquqidan mahrum qiluvchi qonun loyihasini imzolagan.

Ayni damda saylangan «xorijiy agent» deputatlarning vakolatlari 180 kundan keyin tugatilishi kerak, agar ular shu vaqtgacha reyestrdan chiqarib tashlanishiga erisha olsalargina vakolatlarini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ularga boshqa nomzodlarning ishonchli vakili bo‘lish ham taqiqlandi.

«Xorijiy agentlar»ning passiv saylov huquqini cheklovchi tuzatishlar 5-may kuni boshqa qonun loyihasiga kiritilgan bo‘lib, u o‘sha paytga qadar birinchi o‘qishdan o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun ilk bor 2012-yilda qabul qilingan. Rossiya Ukrainaga hujum qilgach mazkur ro‘yxat keskin ravishda kengaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring