Rossiyada prezident saylovi kelgusi yilning martida bo‘lib o‘tadi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovi 2024-yil 17-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Federatsiya Kengashining 556-yig‘ilishida ma’lum qilindi.
«Yangi Rossiya tarixida birinchi marta prezidentlik saylovlari bunday «zaharli» geosiyosiy muhitda o‘tkaziladi», – deya RIA nashri mamlakat Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning nutqidan iqtibos keltirmoqda.
Pamfilova, shuningdek, Rossiya saylov tizimi prezidentlik saylovlarini munosib o‘tkazish uchun xavfsizlik choralariga ega ekanini bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, MSK juma kuni prezidentlik saylovlarida ovoz berish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ko‘rib chiqishni boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter