Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada pandemiya davridagi eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etildi

Rossiyada pandemiya davridagi eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etildi

Foto: «Rosbalt»

Rossiyada bir sutka davomida kovid-bemorlarning 697 nafari vafot etdi. «Rosbalt» yozishicha, bu nafaqat mamlakatda koronavirusning uchinchi to‘lqini, balki butun pandemiya davridagi eng katta (yomon) ko‘rsatkichdir.

O‘lim holatlarining 116 tasi — Moskvada, 110 tasi — Sankt-Peterburgda qayd etilgan.

Rossiyada jumadan shanbaga o‘tar kun oxiriga borib 24 ming 439 kishida kasallik tasdiqlangan — bu ham 16-yanvardan beri eng katta raqam.

Koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyada 5 585 799 kishi kasallandi, shundan 137 262 nafari vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring