Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada O‘zbekinston fuqarolari bo‘lgan avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Qurbon bor

Rossiyada O‘zbekinston fuqarolari bo‘lgan avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Qurbon bor

Bugun erta tongda Rossiyaning Saratov viloyati Fedorovskiy tumanida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. YHT oqibatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan, bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Oleg Kostin ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 20 mart kuni soat 1:46 (Toshkent vaqti bilan 2:46) da A-298 Yershov-Engels avtomagistralidagi Plyos qishlog‘iga burilishda sodir bo‘lgan. YTH oqibatida, besh kishi jarohat olgan hamda 25 yoshli yigit halok bo‘lgan. Aniqlanishicha, jarohatlangan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarolarining yoshlari 20-30 larda.

«Bir kishi bosh miya ochiq jarohati, ko‘krak qafasi shikastlanishi, uchinchi darajali koma holatda, ahvoli o‘ta og‘ir. Ikkinchisida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, bel umurtqasi jarohati, shok, ahvoli og‘ir. Uchinchisi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, umurtqa pog‘onasining shikastlanishi, og‘ir ahvoli. To‘rtinchisi bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, ahvoli o‘rtacha og‘irlikda», – deb yozgan Oleg Kostin.

O‘zbekistonliklar Fedorovskiy tuman kasalxonasiga yotqizilgan, ulardan ikki nafari reanimatsiyaga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring