Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada OAV faoliyatini to‘xtatish yanada osonlashadi

Rossiyada OAV faoliyatini to‘xtatish yanada osonlashadi

Rossiya davlat dumasi birinchi o‘qishda qabul qilgan yangi qonun loyihasi bosh prokuror va uning o‘rinbosarlariga, hech qanday sud ishtirokisiz, OAVni qonundan tashqari, deb e’lon qilish imkonini beradi.

Xabarga ko‘ra, «RF qurolli kuchlarini diskreditatsiyalashga yo‘naltirilgan», ruxsat etilmagan mitinglarga chaqiruvlar mazmuniga ega axborotlarni tarqatgan OAVga nisbatan ushbu qonun qo‘llanilishi mumkin.

OAVni jilovlashga qaratilgan qonun loyihasini 361 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 4 nafar deputat betaraf qoldi.

Ushbu qonun asosida Rossiyadagi OAV to‘g‘risidagi qator qonunlar tahrirlanishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring