Rossiyada migratsiya xodimi o‘zbekistonlikka kuch ishlatdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati Voronej shahridagi migratsiya markazida o‘zbekistonlik mehnat migranti bilan yuz bergan hodisa haqida ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan izoh berdi.
Videodagi hodisani 28 iyunda Voronej migratsiya markazi binosida O‘zbekiston fuqarosi M.I. tasvirga olgan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronejdagi vakiliga 1 iyulda taqdim etgan.
Mamlakatimizning Moskva shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda videodagi fuqaro shaxsi aniqlashtirilib, 4 iyulda uchrashuv tashkil etilgan.
Fuqaro A.F. 2022 yil 1 iyunda ishlash maqsadida Voronej shahriga borgani, hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 28 iyunda Migratsiya markazida barmoq izlari topshirish jarayonida mas’ul xodim tomonidan kuch ishlatilgani va sog‘lig‘idan shikoyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Ushbu hodisa batafsil o‘rganilib, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tegishli organlarga nota kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter