Rossiyada MiG-31 halokatga uchradi

Rossiyaning Primorsk o‘lkasida MiG-31 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi, deb yozmoqda «TASS».
«2 dekabr kuni Primorsk o‘lkasida rejalashtirilgan o‘quv parvozi chog‘ida MiG-31 samolyoti halokatga uchradi. Ekipaj parashyutdan sakrashga ulgurdi», deyiladi Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.
Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv xizmatining Mi-8 vertolyotlari yuborilgan.
«Parvoz o‘q-dorilarsiz amalga oshirilgan. Samolyot kimsasiz joyga qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni Krasnodar o‘lkasining Yeysk shahrida ham harbiy samolyot turarjoy binosiga qulagandi. Natijada 13 kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter