Rossiyada maktabda yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi esa yaralangan
Rossiyaning Bryansk shahrida 7-dekabr, payshanba kuni 8-sinf o‘quvchisi 5-sonli gimnaziyada o‘t ochgan. Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynning xabar berishicha, 14 yoshli qiz otasining «Bekas-3» ov miltig‘ini maktabga yashirincha olib kelgan.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilgan qizdan tashqari uning sinfdoshi ham olgan jarohatlaridan vafot etgan.
Baza Telegram-kanali o‘quvchi biologiya darsi vaqtida o‘t ochganini yozgan. U gimnaziyaning to‘rtinchi qavatiga ko‘tarilib, xonaga kirgan va o‘q uzishni boshlagan.
«Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 14 yoshli qiz maktabga miltiq olib kelgan va undan sinfdoshlariga qarata o‘q uzgan. Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan (ulardan biri otishma uyushtirgan qiz), besh kishi tan jarohati olgan, ular tibbiy muassasaga yetkazildi», — deyiladi xabarda.
RBK mutasaddilarga tayanib jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yotqizilgani, ulardan birining ahvoli og‘ir, qolganlarining ahvoli o‘rtacha og‘ir ekani haqida xabar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter