Rossiyada kasallangan chet el fuqarolarini kiritgan guruh qo‘lga olindi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) mintaqaviy boshqarmasi xodimlari Sverdlovsk viloyatiga 5,5 ming chet el fuqarosini noqonuniy ravishda olib kirgan guruhni qo‘lga olishdi. Bu haqda Ura.ru manbalariga tayanib Lenta.ru xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, migrantlar asosan MDH mamlakatlari fuqarolari bo‘lgan. Ularning aksariyatida COVID-19, «sil kasalligi» va boshqa bir qator xavfli kasalliklar tashxisini tasdiqlagan.
Guruh a’zolari ro‘yhatdan o‘tkazish evaziga har bir chet el fuqarosidan 1 500 rubl miqdorida pul olganligi aniqlangan.
Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322-moddasi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tintuvlar davomida jinoyatchilardan qariyb 15 million rubl, shuningdek, muhojirlarning Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘tishini tashkil qilish uchun hujjatlar musodara qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter