Rossiyada haydovchining xatti-harakatini kuzatib turuvchi tizim joriy etishmoqchi
Milliy texnologik tashabbuslar (NTI) «RIA Novosti»ga xabar berishicha, Rossiyada 2022-yildan haydovchilarning yo‘llardagi holatini kuzatib boruvchi intellektual tizim yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
«Skytracking Transport Security» loyihasini Rossiyaning «Skaytrek» kompaniyasi hayotga olib kirmoqda. Tizim ustidagi ishlarga 2020-yildan kirishiladi.
Kompyuter tizimi haydovchining hech bir harakatini ko‘zdan qochirmasligi aytilmoqda: tamaki chekishi, mobil telefondan foydalanishi, yo‘nalishdan chiqib ketishi, tezlikni oshirishi, avtomobilning texnik holati — hammasi nazorat ostida bo‘ladi. Sun’iy intellekt hatto haydovchining charchaganigacha aniqlashi aytilmoqda.
Tizimdan maqsad haydovchilarni bo‘lg‘usi yo‘l-transport hodisalaridan ogohlantirishdir, deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning aytishlaricha, bu tizim ishga tushsa yo‘llardagi avariyalar 50 foizga qisqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter