Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada Amerika gazetasi muxbiri qo‘lga olindi

Rossiyada Amerika gazetasi muxbiri qo‘lga olindi

Evan Gershkovich.

Bugun, 30-mart kuni Rossiya federal xavfsizlik xizmati The Wall Street Journal muxbirini josuslikda gumon qilib hibsga oldi.

«RIA Novosti»ning yozishicha, gap «The Wall Street Journal»ning Moskvadagi byurosining 32 yoshli xodimi Evan Gershkovich haqida ketmoqda. Muxbir Rossiya mudofaa sanoati korxonasi haqida davlat siri materiallar yig‘ishda gumon qilinmoqda.

Avvalroq Evan Gershkovich Yekaterinburgda g‘oyib bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mustaqil nashrlarga ko‘ra, Gershkovich Yekaterinburgga «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi va «maxsus operatsiya» haqida material yozish uchun kelgan bo‘lgan.

Evan Gershkovich qariyb olti yildan beri Moskvada yashab, Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi uchun Rossiya va Ukrainadagi voqealarni yoritib keladi. U avval Agence France-Presse, The Moscow Times va The New York Times nashrlarida ishlagan. Gershkovichning oxirgi maqolasi 28 mart kuni The Wall Street Journal nashrida chop etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring