Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada 13 nafar o‘zbekistonlik YTHda jarohatlandi

Rossiyada 13 nafar o‘zbekistonlik YTHda jarohatlandi

Foto: Rossiya IIV viloyat boshqarmasi

Rossiyaning Volgograd viloyatida O‘zbekison fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 13 nafar yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda Rossiya IIV viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan soat 07:15 da Moksva—Volgograd avtomobil yo‘lining 923-kilometrida «Gazel» markali avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.

«Salonda 14 yo‘lovchi bo‘lgan — ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari», — deyiladi xabarda. YTH oqibatida 13 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring